O‘zbekistonning mashhur IT-bloggerlari sharhi: texnologiya sohasida rivojlanish uchun foydali Telegram-kanallari
Ushbu sharhda texnologiya sohasidagi professionallar va sohaga yangi kirib kelganlar uchun foydali kontent, maslahat va ilhom ulashuvchi eng yaxshi oʻzbek IT-kanallari keltirilgan. Стартап-Чайхана 2.0 Bu yerda startaplar uchun imkoniyatlar, loyihalarni rivojlantirishga yordam beradigan turli tadbirl
Автор материала — Mansur Ismagulov
Ushbu sharhda texnologiya sohasidagi professionallar va sohaga yangi kirib kelganlar uchun foydali kontent, maslahat va ilhom ulashuvchi eng yaxshi oʻzbek IT-kanallari keltirilgan.
Bu yerda startaplar uchun imkoniyatlar, loyihalarni rivojlantirishga yordam beradigan turli tadbirlar haqida ma’lumot topish mumkin. Bu startap sohasida ilhom va yordam izlayotganlar uchun ajoyib manba.
Rustam sohaga yangi kirib kelganlar uchun ham, tajribali mutaxassislar uchun ham asqotadigan foydali ma’lumotlarni obunachilar bilan baham ko‘radi. Uning kanali IT-sohasida karyera qilish, yumor va turmush tarziga oid maslahatlarni birlashtiradi. Bu ta’limni xush kayfiyat bilan birlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun yaxshi manba.
O‘zbekistondagi Microsoft hamjamiyat rahbari Janob Panda foydali kontent va yumorni birlashtiradi. Uning kanalida ta’lim va ko‘ngilochar postlarning ajoyib uyg‘unlashuvi bo‘lib, uni keng auditoriya uchun qiziqarli va foydali bo‘lishiga xizmat qiladi. Muhammadkarim, shuningdek, Instagramdagi @mukhammadkarim_tukhtaboyev sahifasida o‘z hayoti va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi.
Ramziddin yumor va turmush tarzi elementlari orqali dasturlash haqida foydali ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi. Uning kanali dasturiy ta’minotni oson va qiziqarli tarzda ishlab chiqish haqida ko‘proq ma’lumot olishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi. Ramziddin, shuningdek, strimlar ham tashkilib qilib, unda o‘z kuzatuvchilar bilan birga turli kodlar yozadi va ularni sinovdan o‘tkazadi.
Yumor elementlari va muallifning shaxsiy qaydlari bilan yuritiladigan dasturlash bo‘yicha foydali ta’lim kontenti. O‘quv jarayonini yanada qiziqarli qilish uchun nafaqat amaliy ko‘rsatmalar, balki ko‘ngilochar materiallarni ham izlayotganlar uchun mos keladi.
Muallif IT-mutaxassis hayoti bilan o‘rtoqlashadi. Google, Amazon kabi kompaniyalarning ofislariga tashrif buyurish va ularda ishlash haqida hikoya qiladi. IT-mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bundan tashqari, kanalda dasturlash sohasida rivojlanmoqchi bo‘lganlar uchun foydali maslahatlar va tavsiyalarni topish mumkin.
Foydali jamlanmalar va IT-sanoatining turli jihatlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ta’lim kontenti. Texnologiya sohasida rivojlanishga intiladigan va barcha so‘nggi tendensiyalardan xabardor bo‘lishni istaganlar uchun mo‘ljallangan kanal.
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar va ma’lumotlar. Sohada o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy tavsiyalarni topishni istaganlar uchun mo‘ljallangan kanal.
Muallif dasturlash sohasidagi bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Bu yerda sohada faoliyatini yangi boshlaganlar va tajribali dasturchilarga o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beruvchi materiallar, foydali maslahatlar va amaliy misollarni topish mumkin. Kanal dasturlashda rivojlanishga intiladigan va murakkab vazifalarning yangi yechimlarini izlayotganlar uchun mos keladi.
The Tech в Telegram Подписывайтесь на The Tech в Telegram
Будьте в курсе всех последних новостей из мира технологий и стартапов.
Читайте по теме
Другие материалы автора
Новость
zypl.ai начинает работу в Японии и фокусируется на риск-моделях нового поколения
Mansur Ismagulov
Новость
Состояние Илона Маска впервые превысило $700 миллиардов
Mansur Ismagulov
Статья Интервью
«Страны Центральной Азии должны строить совместную экосистему», — Бехзод Исмоилов о развитии ИИ в регионе
Mansur Ismagulov
Статья Интервью
Таксономия Блума и инженерные уровни: практическая модель роста
Mansur Ismagulov
Статья Полезное
Как развивалась IT-индустрия Азербайджане в 2025 году: главные события
Mansur Ismagulov
Новость
Таджикистан стал новым участником регионального инновационного альянса Central Asian Innovation Hubs
Mansur Ismagulov