O‘zbekistonlik IT-kompaniyalar kuchli mutaxassislarni qanday qilib PR orqali jalb qilishi mumkin
Siz uchun IT-kompaniyalar professional hamjamiyatda ko‘zga ko‘rinishi va bozorga eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilishi uchun yordam beradigan asosiy PR- vositalari sharhini tayyorladik. IT-kompaniyalar uchun kuchli mutaxassislarni jalb qilish va ish beruvchi sifatidagi brendini mustahkamlashda PR
Автор материала — Mansur Ismagulov
Siz uchun IT-kompaniyalar professional hamjamiyatda ko‘zga ko‘rinishi va bozorga eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilishi uchun yordam beradigan asosiy PR- vositalari sharhini tayyorladik.
IT-kompaniyalar uchun kuchli mutaxassislarni jalb qilish va ish beruvchi sifatidagi brendini mustahkamlashda PR muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kunda IT-sohasida talantlar uchun kurash yangi bosqichga chiqdi. Maosh, bonuslar va erkin ish jadvali kabi shartlar endi yetarli emas. Endi mutaxassislar o‘z ambitsiyalarini amalga oshira oladigan muhitni izlashmoqda. Savol endi ularni qayerdan topishda emas, balki ularni kompaniyaga qanday jalb qilishda.
PR orqali kuchli mutaxassislarni qanday jalb qilish mumkin
Kuchli IT-mutaxassislar ko‘pincha vakansiya saytlarini kuzatmaydi. Ular sohaga oid medialarni o‘qishadi, yetakchi kompaniyalar qanday loyihalar ustida ishlayotganini kuzatishadi, muvaffaqiyatli keuslar bilan tanishishadi. PRni to‘g‘ri yo‘naltirgan kompaniyalar esa ana shunday mutaxassislarni o‘zlariga jalb etish imkoniga ega bo‘lishadi. Ular o‘zini ish beruvchi emas, balki kuchli texnologik o‘yinchi sifatida namoyon etadi.
Samarali PR vositalari
— sohaviy mediada maqolalar — kompaniyaning ish uslubi, texnologik yondashuvlari va muvaffaqiyatli loyihalari haqida chiqadigan materiallar ishga qiziqqan mutaxassislar uchun muhim signal bo‘ladi
— aniq keyslar va tahlillar — murakkab vazifalarga topilgan noodatiy echimlar kompaniya darajasini ko‘rsatadi
— texnik yetakchilar so‘zi — CTO yoki muhandislar tomonidan yozilgan materiallar kompaniyada qanday tafakkur va madaniyat hukmronligini namoyish etadi
— konferensiyalar va podkastlar — bunday platformalarda qatnashish kompaniya obro‘sini oshiradi va brendni tanitadi.
PR orqali jamoani qanday rivojlantirish mumkin
— faqat vakansiya emas — hikoya qiling. Ish izlovchilarga nafaqat vazifalarni, balki qanday loyihalar va muammolar bilan ishlashlarini ko‘rsating
— haqiqiy ish tajribasini taqdim eting. Jamoangiz qanday vazifalarni hal qilgan, qanday echimlar taklif qilgan — ana shu jihatlar muhim
— ekspertlar ovozi bilan chiqing. Kompaniya xodimlari tomonidan yozilgan tahlil va fikrlar PRning kuchli vositasiga aylanadi.
Qayerda chiqish kerak
Sohaviy mediada chiqish — faqat reklama emas, balki professional jamoatchilik to‘planadigan maydon. Masalan, The Tech mediasi orqali kompaniya hikoyasini odamlarga tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazish mumkin. PR vositasida bunday hikoyalar orqali ishonch uyg‘otish va mutaxassislarni jalb qilish osonlashadi.
O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar
O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar uchun qator imtiyozlar va loyihalar mavjud. Ular orqali PR va HR sohalarini samarali yo‘lga qo‘yish mumkin:
— IT Park rezidentligi — IT-kompaniyalar korporativ soliq, ijtimoiy soliq va bojxona bojlardan ozod qilinadi. Shuningdek, rezidentlarga 2040-yilgacha barqaror huquqiy kafolatlar beriladi
— Zero Risk dasturi — chet ellik investorlar uchun mo‘ljallangan ushbu dastur orqali IT-kompaniyalarga ofis, HR va texnik xarajatlarning bir qismini davlat tomonidan qoplab berish mumkin bo‘ladi
— TashRush dasturi — chet ellik IT-mutaxassislarni O‘zbekistonga ko‘chirish jarayonini yengillashtiradi. Uy-joy, maktab, yuridik ro‘yxatga olish va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatiladi
— IT-viza — xorijiy IT-mutaxassislar uchun uch yillik maxsus viza joriy etilgan bo‘lib, u orqali ular yashash uchun ruxsatnomani soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin.
PR — faqat kompaniyani reklama qilish emas, balki uning falsafasi, qadriyatlari va kelajakka bo‘lgan qarashlarini auditoriyaga yetkazish vositasi. O‘zbekistonda IT-sohasi o‘sish bosqichida turgan bir paytda, to‘g‘ri PR strategiyasi kompaniyalarga nafaqat mijozlar, balki iste’dodli mutaxassislarni ham jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.
The Tech в Telegram Подписывайтесь на The Tech в Telegram
Будьте в курсе всех последних новостей из мира технологий и стартапов.
Читайте по теме
Другие материалы автора
Новость
zypl.ai начинает работу в Японии и фокусируется на риск-моделях нового поколения
Mansur Ismagulov
Новость
Состояние Илона Маска впервые превысило $700 миллиардов
Mansur Ismagulov
Статья Интервью
«Страны Центральной Азии должны строить совместную экосистему», — Бехзод Исмоилов о развитии ИИ в регионе
Mansur Ismagulov
Статья Интервью
Таксономия Блума и инженерные уровни: практическая модель роста
Mansur Ismagulov
Статья Полезное
Как развивалась IT-индустрия Азербайджане в 2025 году: главные события
Mansur Ismagulov
Новость
Таджикистан стал новым участником регионального инновационного альянса Central Asian Innovation Hubs
Mansur Ismagulov